Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

“Yangi yutuqlar sari”

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 1-bolalar musiqa va san’at maktabi R.M.Glier nomi bilan 1956 yilda tashkil etilgan. Eng avval faqatgina sanoqli yo‘nalishlarda faoliyat olib borgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu tarkibga “An’anaviy xonandalik”, “Estrada xonandalik”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Teatr san’ati”, “Baxshichilik” yo‘nalishlari ham kiradi. 

Hozirgi kunda maktabimizda Termiz shahri va Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 254 nafar iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar ta’lim olib kelmoqdalar. Har chorak oxirida barcha yo‘nalishlar o‘zlarining hisobot-konsert dasturlarini namoyish etishadi. Ushbu hisobot dasturda kim qanday yutuq va natijaga erishgani, qanchalik mehnat qilgani namoyon bo‘ladi.

2022 yilning 2 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 112-sonli qarorda ko‘rsatilgan Хalqaro hamda Respublika ko‘rik-tanlovlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar 1-bolalar musiqa va san’at maktabining bir qator mahoratli va uzoq yillik pedagogik tajribaga ega jonkuyar o‘qituvchilari o‘zlarining qo‘l ostidagi o‘quvchilariga o‘z kasblarining barcha sir-asrorlarini o‘rgatish bilan bir qatorda ularning Xalqaro va va Respublika miqyosdagi ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishlarini hamda ushbu tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Ana shunday Хalqaro miqyosdagi tanlovlardan biri 2022 yilning noyabr oyida O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida o‘tkazilgan “Open Asia” nomli Xalqaro tanlovi bo‘lib, Ispaniyaning “Fiestalonia milenio” nomli Xalqaro tashkilot tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda o‘tkazildi. Ushbu tanlovda maktabimizning “Tasviriy san’at” yo‘nalishi o‘qituvchisi Shahboz Ismoilov o‘zining 2-sinf o‘quvchisi Bozorova Darin bilan ishtirok etdi hamda I- va II-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Termiz shahar 1-bolalar musiqa va san’at maktabining yana bir iqtidorli o‘quvchilaridan biri “Urma zarbli cholg‘u” yo‘nalishining 5-sinf o‘quvchisi Odilov Saidislom o‘qituvchisi Xodjayev Azizbekdan musiqa ilmining barcha sir-asrorlarini o‘rganib, Respublika ko‘rik-tanlovlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022 yilning 14-dekabr sanasida poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida Odilov Saidislom faxrli III-o‘rinni egalladi.

2022 yilning 2-fevral sanasida qabul qilingan Prezident qarori  amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasizdir. Madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy texnik-bazasi mustahkamlanadi. Ta’lim maskanlarida musiqa asboblarini chalish orqali yosh avlodning san’atga oshno bo‘lib kamolga yetishi ta’minlanadi. Yoshlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda festivallar, konsert va va tomosha tadbirlari tashkil etilib, g‘oliblar munosib taqdirlanadi.     

Keyingi besh yilda ilk marotaba o‘tkazilgan Xalqaro festivallar, madaniyat va san’at maskanlarining barpo etilishi, beshta muhim tashabbusning amalga oshirilishi yangi iste’dodlarning kashf etilishi, Xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroklarning yo‘lga qo‘yilishi bunga yaqqol misoldir.

 

Termiz shahar 1-BMSM direktori:                               X.B.Primov