Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

MUSIQA VA SAN'ATGA OSHNO YOSHLAR MASKANI

Kun tartibi to'g'ri taqsimlangan  vaqtini mazmunli o'tkazayotgan yosh yigit-qizlardan jamiyatga foydasi tegadigan insonlar, o'z sohasining bilimdonlari yetishib chiqishi aniq.

Bugungi kunda Termiz shahridagi Primov Hayitmurod Bobomurodovich boshchiligidagi 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi - musiqa va san'atga oshno yoshlar maskaniga aylanib ulgurgan.

11 ta yo'nalishda barkamol avlodga qiziqishlari bo'yicha ta'lim berib kelayotgan ushbu dargohda 200 nafar o'quvchilarga 35 nafar malakali o'qituvchilar musiqa va san'at sirlarini o'rgatib kelishmoqda.

Ta'kidlab o'tish joizki, bizning maktabimizni yuzlab bitiruvchilari, bugungi kunda sohaga dahldor bo'lgan nufuzli dargohlarda el xizmatidalar, - deydi maktab direktori Hayitmurod Primov