Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

“Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-maydagi 266-son buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 3-bandida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Termiz shahar  1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida targ‘ibot konserti tashkil etildi.

Bugungi tadbir Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilib, unda musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan musiqiy va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu targ'ibot konserti orqali yig'ilgan o'quvchilarga musiqiy-madaniy dam olish imkoniyati yaratildi.