Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq                           E. Xabbard

Joriy yilning 31-oktyabr  sanasida Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Fortepiano" mutaxassisligi  o'quvchilari ishtirokida "Yuniy virtuoz" ("Yosh iqtidor") nomli maktab tanlovi o'tkazildi. Tanlovda maktabning "Fortepiano" mutaxassisligi iqtidorli o'quvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tanlovni N.Narzullayeva kirish so'zi bilan ochiq deb e'lon qildi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Maktab tanlovida o'quvchilar o'zbek va jahon kompozitorlari tomonidan yaratilgan asarlardan ijro etishdi. Bundan tashqari tanlov ishtirokchilari viktorina savollariga javob berish orqali o'z bilimlarini sinab ko'rdilar. Tanlov so'ngida barcha o'quvchilar diplom bilan taqdirlandilar.