Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.
Abdulla Avloniy
2025-yil 14-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Xalq cholg'ulari" bo'limi oliy toifali o'qituvchisi "Shuhrat" medali sohibasi Sattorova Muborak Bo'riyevna tomonidan "Dutorda ijrochilik mahorati" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. M.Sattorova tomonidan dutor cholg'usining kelib chiqish tarixi va shu cholg'uda ijro etgan ustozlar haqida ma'lumot hamda dutorda ijro mahoratini oshirish uchun tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahorat darsi davomida yosh dutorchi sozandalarni ijro dasturlarini tinglash va yo'l qo'yilgan kamchiliklari ustida ishlash usullarini ko'rsatish haqida ma'lumot berib o'tildi.

