Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

Musiqa qalbning sirli arifmetikasidir, u o'zi bilmagan holda hisoblaydi.

2025-yil 24-fevral kuni O'zbek milliy maqom san'ati markazi hamda Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati institutining el suygan san'atkor professor o'qituvchilari O'zbekiston xalq hofizi, professor Isroil Vahobov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, professor Abdurahmon Xoltojiyev, O'zbekiston xalq artisti, professor Toyir Qo'ziyev hamda  dotsent Mirshod Elovlar tomonidan Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida mahorat darsi tashkil qilindi hamda targ'ibot ishlari amalga oshirildi. Tashkil etilgan ushbu mahorat darsida el ardog'idagi professor o'qituvchilar tomonidan chang, dutor, rubob kabi cholg'u asboblari hamda maqom san'ati haqida saboqlar berildi. Mahorat darsida maktabimiz o'qituvchi va o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va bunga javoban ustozlardan tegishli xulosalar hamda ko'rsatmalar oldilar.