Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Joriy yilning 26-fevral kunidan 2-mart kuniga qadar respublika bo'yicha barcha bolalar musiqa va san'at maktablari uchun hududlarda "TORLI CHOLG'ULAR HAFTALIGI" bo'lib o'tadi.
2024-yilning 28-fevral kuni "Torli cholg'ular" bo'limi, "Skripka" mutaxassisligi o'qituvchisi V.A.Mahmanov tomonidan bo'lim o'quvchilari uchun sinf tanlovi tashkil qilindi. Sinf tanlovida o'quvchilar o'zbek va jahon kompozitorlari tomonidan yaratilgan asar namunalaridan ijro etishdi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining nazariy bolimlarini sinab ko'rish maqsadida viktorina savollari tashkil qilindi.
FAN (mutaxassislik) haftaliklari davom etmoqda
🎼🪕🪕🎻🎻🎼
2024-yilning 26-fevral - 2-mart kunlari respublika bo'yicha barcha bolalar musiqa va san'at maktablari uchun " TORLI CHOLG'ULAR HAFTALIGI" bo'lib o'tishi belgilangan.
Joriy yilning 29-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Torli cholg'ular" bo'limi, "Skripka" mutaxassisligi o'qituvchisi V.A.MAHMANOV tomonidan "Torli cholg'ular haqida tushuncha" mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminar qatnashilari V.A.Mahmanovning skripka cholg'usi haqida bergan ma'lumotlari orqali o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
