Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
2024-yilning 15-noyabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Tasviriy san'at" bo'limi 4-sinf o'quvchisi Bazarova Darin "ИИ и Человечество: дружба будущего" ("Al va Insoniyat: kelajak do'stligi") mavzusidagi Respublika rasmlar tanlovida ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Joriy yilning 2-dekabr kuni esa Gazeta.uz internet saytida ASUS kompaniyasi "Al va insoniyat: kelajak do'stligi" bolalar rasmlari tanlovi natijalarini sarhisob qildi, unda yosh rassomlar inson va sun'iy intellekt uyg'unlikda yashayotgan kelajak haqidagi o'ziga xos tasavvurlarini taqdim etdi hamda 11 yoshli Darin tomonidan chizilgan rasmga shunday ta'rif berildi:"Darin sun'iy intellekt va odamlar Yerni urushlar va ofatlardan himoya qilish uchun qanday birlashishini tasvirlab berdi. AI ramzi bo'lgan robot qo'l sayyora ustida ko'tarilib, uni raketalar va portlashlardan himoya qiladi. Tabiatni ifodalovchi inson qo'li yerni qo'llab-quvvatlaydi, g'amxo'rlik va asrash ramzidir"
