Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

MILLIY RAQS XALQIMIZNING ENG MUNAVVAR QADRIYATIDIR...

Boshqarma tasarrufidagi bolalar musiqa va san'at maktablarida 2024/2025- o'quv yilida O'zbekiston xalq artistlari, O'zbekiston xalq baxshilari hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar, O'zbekiston san'at arboblari, shuningdek, kompozitor va professor o'qituvchilar ishtirokida mahorat darslari, uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish bo'yicha viloyat Madaniyat boshqarmasining chora-tadbirlar rejasiga asosan 2025-yilning 3-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz shahar ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Xoreografiya" bo'limi katta o'qituvchisi Jamila Qultayeva tomonidan "O'zbek milliy raqs san'ati: Xorazm, Farg'ona, Buxoro raqs maktablari" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi. Bugungi o'tkazilgan mahorat darsida bolajonlarga ana shular haqida ham aytib o'tildi.