Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

"Musiqa va san'at — bu hayotning ko‘zlari. U bizni atrofdagi dunyoni boshqacha ko‘rishga undaydi, qalbimizni his-tuyg‘ular bilan to‘ldiradi va fikrimizni erkinlashtiradi."

2025-yil 25-fevral kuni Termiz shahar 2- sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi bolalar musiqa va san'at maktablarining kichik sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yangi nihollar" nomli koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu ko'rik tanlovda Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ta'lim olayotgan yosh iste'dodlar ham ishtirok etib o'z iqtidorlarini namoyish etdilar hamda o'z yo'nalishlari bo'yicha faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar. Tanlov yakunida hakamlar hay'ati tomonidan saralangan g'olib va sovrindorlar viloyat Madaniyat boshqarmasining diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.