Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Sizni tavallud ayyomingiz — muborak tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Siz rahbarligingizda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, milliy davlatchiligimizni mustahkamlash borasidagi oqilona siyosatingiz butun jamoatchiligimiz, jumladan madaniyat va san’at sohasining har bir vakili tomonidan chuqur hurmat va e’tirof bilan qarshi olinmoqda.
Siz yaratib bergan imkoniyatlar tufayli bugun san’atimiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va ma’naviy olami tobora boyimoqda. Ayniqsa, Maqom, Baxshi, madaniy va nomoddiy meroslarimizni asrab-avaylash, dunyoga tanitish borasidagi tashabbuslaringiz tariximizda oltin harflar bilan bitiladigan ezgu ishlar jumlasidandir.
Sizga — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati, yoshlarimiz kelajagi yo‘lida qilayotgan ulug‘vor xizmatlaringizda mustahkam sog‘lik, cheksiz quvvat, bardavom zafarlar va baxt-u saodat tilayman!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!