Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatining rivojlanishida Surxondaryo rassomlari, ustalarining ham alohida hissasi bor. Prezidentimizning "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-212-son qarori viloyatda sohaning gurkirashiga keng sharoit yaratadi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur uchrashuvida vohada sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan "Yo‘l xaritasi" imzolandi. Unga ko‘ra:
Viloyatda akademik rassomlar, Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo musavvirlar va yosh ijodkorlarni xalq orasida keng tanitish, ular tomonidan yaratilayotgan asarlarning mazmun-mohiyatini yetkazish tizimi joriy etiladi;
Badiiy taʼlim, xususan tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha har yili viloyat miqyosida “Yosh ijodkorlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida yilda bir surxondaryolik ijodkorlarning “Surxon ijodkorlari” nomli ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
Badiiy akademiya tasarrufidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hududida o‘quvchilarga 60 o‘rinli yotoqxona quriladi;
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi;
Viloyatning Boysun tumanida har bahorda “Rassomlar festivali” o‘tkaziladi;
Voha tasviriy san'ati yutuqlarini targ'ib etish maqsadida Yevropa mamlakatlarida Surxondaryo rassomlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Uchrashuvda bundan tashqari, mavjud istirohat bog‘lari hamda diqqatga sazovor joylarni tasviriy va amaliy sanʼat namunalari bilan boyitish, ijodiy asarlarni sotish yuzasidan turli aksiyalar, madaniy tadbirlar, auksion savdolarini o‘tkazish, viloyatda yangida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga murallar (rasm) chizish ishlariga Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarini jalb qilish vazifalari belgilandi.
