Ma'lumki, mamlakatimizda har yili 9-fevral -buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy keng nishonlanadi. Joylarda shoir ijodi asnosida "G'azalxonlik" mushoiralari, turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bugun Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ham shoir tavalludining 582 yilligini munosib kutib olish maqsadida "Alisher Navoiy-so'z mulkining sultoni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o'qituvchilar, o'quvchilar Navoiyning ijodi, hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma'lumotlar berdilar. O'quvchilar shoir ijodi bo'stonidan ash'orlar o'qidilar. "Xalq cholg'u" bo'limi o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan mumtoz kuy-qo'shiqlar kuylandi. Ayniqsa mutafakkir hayotiga doir "Teatr san'ati" yo'nalishi o'quvchilari tomonidan ijro etilgan sahna ko'rinishi tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi.
Shuningdek tadbirga bag'ishlangan "Navoiyni xotirlab" nomli tanlov ham o'tkazildi. Ushbu tanlovda maktabimizning "Tasviriy san'at" yo'nalishi o'quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy o'zining boy ma'naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g'azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk siymo ekanligiga yana bir bor amin bo'ldilar...
